Legioner bokschilarimiz Jasurbek Latipov hamda Jahongir Rahmonov Hindistonda navbatdagi janglarini o‘tkazishdi

  • 12 dekabr, 2019, 20:03
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘zbekistonning eng sovrindor bokschilaridan biri Jasurbek Latipov hamda yosh iste’dodli Jahongir Rahmonovlar Hindistonda legioner sifatida "Big bout league” turnirida ishtirok etayotganligi hamda "Odisha Warrios" jamoasi nomidan ringga ko‘tarilayotganidan ham xabardorsiz. Bugun, o‘zbekistonlik bokschilarning jamoasi "Ne Rhinos" bilan to‘qnash kelishdi.

Tecno

Afsuski, har ikki bokschimiz ringga ko‘tarilib, mag‘lubiyatga uchrashdi. Jasurbek Latipov yomon jang o‘tkazmayotgan edi, 2 -raundda raqibi Laldin Mawiaga kutilmaganda taqiqlangan zarba berib yuborgani uchun jang muddatidan oldin yakunlandi. Yakunda, Jasur Latipovga mag‘lubiyat yozildi. Jahongir Rahmonovdan ham bu safar omad yuz o‘girdi. U Mandep Jangraga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!