Legionerimiz ketish sababi va qozoq futboli kamchiligini aytib ketdi!

  • 9 iyun, 2023, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev kutilmaganda jamoasini almashtirdi. UEFA tarkibiga kiruvchi Qozog‘iston Premer-ligasida “Tobol” sharafini himoya qilayotgan legionerimiz Osiyo vakili – Tailandning “Bi Ji Patxum Yunayted” klubini tanladi.

Tajribali hujumchimiz Prosports.kz saytiga bergan intervyusida “Tobol”dan ketishi, yangi jamoaga o‘tgani va Qozog‘iston chempionatining kuchli tomonlari hamda kamchiliklari haqida gapirdi.

photo_171369

Sports.uz portali Igor Sergeevning intervyusini o‘zbek tilida e’tiboringizga havola qiladi.

- Igor, salom. “Tobol”dan ketishingiz sababi nimaga bog‘liq ekanini aytsangiz...

- Salom. Yaxshi taklif tushdi. Men uni ko‘rib chiqishga qaror qildim. Bu jarayonda nimalarnidir o‘zgartirish va oldinga qarab harakatlanish kerakligini tushunib etdim.   

- Yangiliklarda faoliyatingizni Tailandda davom ettirishingiz aytildi. Shu rostmi?

- Ha, hammasi to‘g‘ri.

- Ma’lumotlarga qaraganda, ketishingiz klubni moliyalashtirish qisqartirilayotgani bois, rahbariyati tashabbusi ekan. Shunga izoh bersangiz.

- Kimlar bunaqa yozganini bilmayman. Yil oxirigacha shartnomam bor edi. Unda yozda ketishimni ta’minlovchi band kiritilgan. Agar rahbariyat ketishimni istagan taqdirda ham buning imkoni yo‘q edi. Chunki qo‘limda shartnoma turibdi.

Shuning uchun hammasi har ikki tomon roziligi bilan bo‘ldi, hech qanday ziddiyatlar bo‘lgani yo‘q. Hammasi professional darajada hal etildi.

- So‘ramasam bo‘lmaydi, aytishlaricha, vizani rasmiylashtirishda muammolar bor ekan. Qozog‘istonda qolishingiz ehtimoli bor ekan. Bunga nima deysiz?

- Bunday emas. Bu borada hech qanday qiyinchilik yo‘q. Qolishim ehtimoli juda ham past.

- Xulosa o‘rnida, Qozog‘iston chempionatining darajasini baholab, o‘zingiz avval o‘ynagan ligalar bilan solishtirib bersangiz.

- Chempionat darajasi yaxshi, sifatli o‘yinchilar bor, yakkakurashlar ko‘p. Musobaqa jadvalining quyi qismidagi jamoalar etakchi klublarni yutib qo‘yayotgani ko‘p narsadan dalolat beradi. Lekin maydonlarning ahvoli va hakamlik sifatini yaxshilash talab etiladi.

YsdlES2NUf8

Ta’kidlash joizki, Igor Sergeev Qozog‘iston chempionatiga 2021 yilning boshida ko‘chib o‘tgan edi. Dastlab, “Aktobe” bilan shartnoma imzolagan hujumchimiz yarim yildan keyin xalqaro maydondagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishni rejalashtirgan “Tobol” safiga qo‘shildi.

Kustanay jamoasi safida 30 yoshli futbolchimiz jami 66 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 26 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Sergeev “Tobol” tarkibida Qozog‘iston Premer-ligasi oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Superkubok sohibiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dolche& Gabana
09/06/2023 19:32
Ердам берадиган судьяла йугаканми бурни окар? Бу санга пахтакормас игор бабаян итович