
Legionerimiz klubi ixtiyoriga borib qo‘shildi. U ertaga Abbosga qarshi maydonga tushishi mumkiin!
Qatarda 23 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Osiyo kubogi bo‘lib o‘tdi. Unda Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoamiz ham munosib qatnashdi va musobaqaning kumush medallarini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga yo‘llanmani ham naqd qildi.
Kapadze mazkur musobaqada Abbosbek Fayzullaev (TsSKA), Hojimat Erkinov ("Al-Vahda"), Abduqodir Husanov ("Lans"), "Umarali Rahmonaliev ("Rubin"), Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (Qayrat") kabi legionerlar xizmatidan foydalandi. Osiyo kubogi FIFA kunlarida bo‘lmagani sabab klublar futbolchilarni qo‘yib yubormaslikka ham haqqi bor edi. Biroq O‘FA futbolchilarning klubi bilan bog‘lanib, bu masalani ijobiy hal qildi. Indoneziyani yutib, finalga chiqdik. Yo‘llanma aniq bo‘lgach, Husanov, Fayzullaev va Erkinov o‘z jamoalari ixtiyoriga borib qo‘shildi.
Toshkentdayoq mashg‘ulotlarga kelib qo‘shilgan Umarali Rahmonaliev butun turnir davomida termada bo‘ldi. Hatto O‘zbekiston delegatsiyasi bilan yurtimizga uchib ketdi va ayni damda qozonliklar safiga borib qo‘shilgan. Umarali klubi bilan Moskvaga uchib bordi va ertaga RPL 27-turi doirasidagi TsSKAga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, TsSKA - "Rubin" bahsi ertaga 22:30da start oladi.
Fikrlar