
Legionerimiz muxlislar bilan xayrlashdi! Keyingi manzil – kuchli beshlik!
Belarus chempionatidagi bir yarim yillik faoliyat “Nasaf” tarbiyalanuvchisi Bobur Abduxoliqov uchun juda foydali bo‘ldi.
25 yoshli hujumchimiz “Energetik-BGU” safida bu muddat ichida jami 44 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 28 marotaba ishg‘ol qildi va oltita golli pas uzatdi. Shuningdek, mamlakat kubogi bahslarida uchta o‘yinda bittadan gol va assist qayd etdi.
Bobur Abduxoliqov 2022 yilgi mavsumning haqiqiy qahramoni bo‘ldi. U Belarus chempionatlarida tarixida eng ko‘p gol urgan legionerga aylandi. “Energetik-BGU”ni ilk bor kumush medal sohibiga aylantirdi, o‘zi chempionatning eng yaxshi o‘yinchisi va to‘prurarlar bahsi g‘olibi bo‘ldi.
Bobur Abduxoliqov “Energetik-BGU”dagi faoliyatini yakunlab, jamoa muxlislariga maktub yozdi.
- “Energetik—BGU”ning qadrli muxlislari, murabbiylari, xodimlari va klubimizga befarq bo‘lmagan hamma!
Barchengizga birga o‘tkazilgan vaqt uchun chin qalbim minnatdorlik bildirishni istayman. Bir yarim yil mobaynida har biringizga mehr qo‘ydim. Minsk shahri va butun Belarus har doim xotiramda qoladi.
Men bilan maydonga tushgan har bir jamoadoshimga ham rahmat. Faoliyatingiz davomida omad yor bo‘lishini tilayman. Ko‘ksiga buqa surati tushirilgan futbolkalarda sizlar bilan yonma-yon o‘ynash men uchun katta iftixordir.
Muxlislar qizg‘in qo‘llab-quvvatlab turgani uchun ulardan minnatdorman. Sizlar uchrashuv hisobi va ob-havo sharoiti qanday bo‘lishidan qat’i nazar, stadionga kelib, bizlarni olg‘a boshlab turdinglar.
Vladimir Belyavskiy, Pavel Rodnenok hamda ularning murabbiylar shtabiga ham rahmat aytaman. Sizlarning yordamingiz bilan men futbolchi sifatida o‘sdim va yaxshi sifatlarimni ochishga muvaffaq bo‘ldim.
Anatoliy Yurevichdan alohida minnatdorman. Men u bilan “Energetik-BGU” kelgan ilk kunimdan birga ishladim. Siz bergan bilimlar faoliyatim oxirigacha menda qoladi. Men uchun juda ko‘p mehnat va kuch sarfladingiz.
Shunindek, murabbiyimiz Nikolay Banfilovning ham kiyim alishtirish xonasidagi ilhombaxsh so‘zlarini unutmayman.
Bu ajoyib davr. Birgalikda ko‘p narsaga, ko‘pchilik kutmaganlariga ham erishdik. “Energetik-BGU” jamoadagi ajoyib muhit tufayli muvaffaqiyat qozondi.
“Energetik-BGU” menga ko‘p narsa berdi va men ham bunga munosib javob qaytara oldim, deb o‘ylayman. Men jamoani katta maqsadlar bilan tark etyapman. Klubga faqat muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini istayman va har doim natijalarni kuzatib borishga va’da beraman. “Energetik-BGU” qalbimdan chuqur o‘rin olgan, - deb yozdi Bobur Abduxoliqov.
Ta’kidlash joizki, Bobur Abduxoliqov yaqinda o‘ziga Vengriya, Turkiya, Polsha klublaridan taklif bo‘layotganini aytgan edi. Mohir to‘purarimizning o‘zi esa, huddi Eldor Shomurodov singari kuchli beshlik ligalaridan birida to‘p tepishni orzu qilmoqda.
Menga ham o‘zbekistonlik futbolchidek katta pul to‘langlar!
Legionerimiz ligani tark etmoqda. Murabbiyning iltimosi o‘tmadi!
Fikrlar