Legionerimiz Premer-liganing eng zo‘r to‘purari bo‘lmoqchi!

  • 8 mart, 2023, 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Bobur Abduxoliqovning Qozog‘iston Premer-ligasiga ko‘chib o‘tgani ko‘pchilik uchun kutilmagan holat bo‘ldi.

Tecno

Belarusdagi muvaffaqiyatli mavsumdan keyin legionerimiz Evropa tomonlarda kuchliroq ligalarda to‘p tepishi kutilgandi. Abduxoliqovning o‘zi ham kuchli beshlik ligalarida o‘ynashni istayotganini aytgan axborotlar ham tarqatilgan edi.

Biroq, Bobur yakunda “Ordabasi”ni tanladi. Shimkent klubi o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan. Ana shu maqsadda, klub bir necha futbolchilar, xususan, Belarus futbolida porlagan milliy terma jamoamiz a’zolari – Bobur Abduxoliqov hamda Shahboz Umarovni ham transfer qildi.

63f9ebad12c2b (1)

“Ordabasi” yangi mavsumning ilk turida o‘z maydonida “Kaspiy” jamoasini qabul qilib, 3:1 hisobida zafar quchdi. Har ikki futbolchimiz ilk daqiqalardan o‘ynadi. Bobur Abduxoliqov debyut uchrashuvida Premer-ligadagi gollari sonini ochdi.

Uchrashuvdan keyin “Ordabasi” klubi matbuot xizmati o‘zbekistonlik futbolchiga bir necha savol bilan murojaat qildi.

- Bobur, sizni debyut gol bilan tabriklaymiz. O‘yiningizni qanday baholaysiz?

- O‘yin juda yoqdi. Chunki jamoamiz g‘alaba qozondi. Men chempionatning birinchi uchrashuvidayoq debyut golimni urdim.

- Nima deb o‘ylaysiz, chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘lish imkoniyatingiz bormi?

- Ha, men liganing eng zo‘r to‘purari bo‘lish va jamoamga yuqori marralarni zabt etishi uchun qo‘limdan kelganini qilaman.

- Jamoada Sizni qanday kutib olishdi? Hamkasblaringiz bilan til topishib oldingizmi?

- Jamoa meni juda yaxshi qabul qildi. Hamma bilan munosabatim yaxshi. Chunki biz endi bir oilamiz.

Ta’kidlash joizki, “Nasaf” tarbiyalanuvchisi hisoblangan Bobur Abduxoliqov Belarus chempionatida yuqori saviyali hujumchi ekanini isbotladi. Bu mamlakatda bir yarim mavsum to‘p tepgan o‘yinchimiz katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi.

Jumladan, o‘tgan mavsusda Bobur Abduxoliqov oliy liganing 30 ta uchrashuvida raqiblar darvozasini 26 marotaba ishg‘ol qildi, jamoadoshlariga oltita golli pas berdi. Yuqori samaradorligi bilan “Energetik-BGU”ning o‘z tarixida ilk bor sovrindorlar qatoridan joy olib, kumush medalga sazovor bo‘lishini ta’minladi.

Chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan Bobur bir necha shaxsiy sovrinlarga ega ega chiqdi. Xususan, chempionatning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

Bundan tashqari, Belarus chempionatlari tarixida eng ko‘p to‘p kiritgan xorijlik futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi.

Endi Abduxoliqov Qozog‘iston Premer-ligasida ham mahoratini ko‘rsatishga bel bog‘lagan.

63fb659774aa4

Biz unga maqsadlarini amalga oshirishida katta omad va hamisha yuzi yorug‘ bo‘lishini tilaymiz.

Shomurodov asosiy tarkibda o‘ynashi uchun bosh murabbiy shart qo‘ydi!

Xavfli vaziyat yaratgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ботир
09/03/2023 19:27
Ниятингга ет Бобур