Legionerimiz ramziy terma jamoadan o‘rin oldi (foto)

  • 23 mart, 2021, 19:45
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Koreya chempionatida muvaffaqiyatli to‘p tepayotgan legionerimiz Rustam Ashurmatov 6-turdan o‘rin olgan "Incheon Yunayted" klubiga qarshi o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Tecno

Himoyachi bo‘lishiga qaramay, ajoyib zarbasi bilan raqib darvozasini ishg‘ol etgan Ashurmatov hafta ramziy terma jamoasiga ham kiritildi. Ushbu jamoa 6-turda eng yaxshi o‘yin namoyish etgan futbolchilardan tuzilgan. Shuningdek, unga "Gangvon"dan Xan Kuk Yung va Chang Mu Shin ham kiritilgan.

Ma’lumot uchun, hamyurtimiz joriy mavsum 6 bellashuvning barchasida to‘liq harakat qilgan va o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. Shu bilan birga, Rustam bir bor sariq kartochka bilan ogohlantirilgan.

IMG_20210323_193438

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!