Legionerimiz Rossiyada gol urdi

  • 6 mart, 2021, 18:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Milliy futbol ligasida 28-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda. Ayni paytda “Nefteximik” o‘z maydonida “Dinamo-Bryansk” futbolchilarini qabul qilmoqda.

Tecno

“Nefteximik” sharafini himoya qilayotgan legionerimiz Vagiz Galiulin uchrashuvda burilish yasagan gol muallifi bo‘ldi.

Uchrashuvning 4-daqiqasida mehmonlar vakili Maksim Danilin hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib, o‘zbekistonlik futbolchi vaziyatni tenglashtirdi. 20-daqiqada “Nefteximik” hujumchisi Merabi Urudiya mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Vagiz Galiulin joriy mavsumdagi to‘rtinchi goliga mualliflik qilganini alohida ta’kidlash lozim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!