Legionerimizning dubli jamoasiga g‘alaba keltirdi (video)

  • 4 may, 2022, 20:48
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tailand chempionati 30-turi doirasidagi "Muangtong Yunayted" - "Prachuap" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.

Ahamiyatlisi, MYu safida harakat qilayotgan legionerimiz dubl qayd etib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Mehmonlar tarkibida Villen penaltini aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirdi.

Bu Tailand birinchiligining so‘nggi turi bellashuvi edi va legionerimizning jamoasi 49 ochko bilan 4-pog‘onani band etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!