Legionerimizning jamoasi murabbiysiz qoldi

  • 1 iyun, 2022, 15:25
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Legionerimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev harakat qilayotgan "Nijniy Novgorod" jamoasida murabbiy o‘zgardi.

Tecno

"Match TV" kanali tarqatgan xabarga ko‘ra, ayni paytdagi bosh murabbiy Aleksandr Kerjakovga chiqish eshiklari ko‘rsatilgan. 

"Bir haftadan so‘ng mavsumoldi yig‘inlar boshlanadi, jamoaga esa ish rejasi kerak. Shunday vaziyatda qanday qilib bu qarorga kelishganiga tushunmayapman. Hozircha, o‘zim birorta klub bilan muzokaraga kirishmadim",-dedi Aleksandr Anatolevich. 

Ma’lumot uchun, "Nijniy Novgorod" 39 yoshli mutaxassisning debyut mavsumida RPL 11-pog‘onasini band etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!