Legionerimizning ustun tomonlari ko‘p ekan. Uni terma jamoaga olsak bo‘larmidi?!

  • 20 iyun, 2021, 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2022 yilgi jahon chempionati sari yurishi o‘ta muvaffaqiyatsiz yakunlandi. O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari uchun mundial yana armon bo‘lib qoldi. Bu gal maqsad sari kurashni juda erta yakunlashga majbur bo‘ldik. Bir qarashda terma jamoamiz bu vazifani qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, uddaylay oladigandek ko‘ringandi. Har holda tarkibga jalb qilingan yigitlarning aksariyati mahorat va iste’dod bobida jahon chempionati saralashining ikkinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan termalar vakillaridan kam emasdi...

Tecno

0-1623494828-Diyora-post-material

Nailoj, endi terma jamoa qaytadan shakllantiriladi. Aksariyat futbolchilar o‘z o‘rnini etishib chiqayotgan yoshlarga bo‘shatib beradi. Bu tabiiy hol.

Kelajakda terma jamoamiz koriga yarashi mumkin bo‘lgan futbolchilardan biri Belarus milliy chempionati etakchilaridan biriga aylangan Shahboz Umarovdir. U ketma-ket ikkinchi yil ushbu mamlakat futbolida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatib kelmoqda. Hatto, Vadim Abramov Belarusga borib, uning o‘yinini bevosita tomosha qilib keldi. Biroq, Umarov nimagadir mamlakatimiz bosh jamoasiga jalb qilingani yo‘q...

Belarus futbolini tahlil qilayotgan mutaxassislar chempionatda o‘zini ijobiy tomondan namoyon qilayotgan ijrochilarning harakatlarini baholab boradi. Joriy mavsum mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan va chempionatda oltin medal uchun kurashda “Shaxtyor” bilan raqobatlashayotgan BATE muvaffaqiyatlariga Shahboz Umarov katta hissa qo‘shayotgani alohida e’tirof etilmoqda.  

BATE futbolchilari liga jamoalari orasida bir uchrashuvda ko‘p zarba berish, to‘pni uzoq egallab turish, aldab o‘tish, raqib jamoa maydonida to‘pni olib qo‘yish va unga egalik qilish, pressing, qanotlardan hujum uyushtirish va o‘yin sifati bo‘yicha peshqadam hisoblanadi. Bu jarayonlarda Shahboz Umarov bevosita ishtirok etadigan lider o‘yinchilardan biri sifatida gavdalanmoqda.

02.03.2021_shaxter_bate_supercup_39

BATE qanotlardan hujum uyushtirish va burchak to‘plari ishlab olishga katta e’tibor beradi. Jamoa vakillaridan Shahboz Umarov va Pavel Nexaychik burchak zarbalarini amalga oshirishda ligada kuchli uchlikdan joy olgan. Bundan tashqari, borisovliklarning bu ikki futbolchisi jamoadoshlari Stanislav Dragun bilan birga hal qiluvchi pas oshirishda liganing boshqa o‘yinchilaridan ancha o‘zib ketdi.

Shahboz Umarov raqiblarni aldab o‘tish bo‘yicha ham eng zo‘ri. U har 90 daqiqada o‘rtacha 11,75 marta aldamchi harakatlarni ishga solmoqda va ularning 51 foizini muvaffaqiyatli yakunlayapti.   

Oliy liganing boshqa hech bir jamoasi hujumida o‘yinga bu qadar kuchli ta’sir o‘tkazadigan mahoratli hujumkor o‘yinchilar guruhiga ega emas.

Belarus chempionatining 12-turida BATE  o‘z maydonida “Nyoman”ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Birinchi golga hammualliflik qilgan legionerimiz ketma-ket to‘rtinchi o‘yinda o‘z hisobiga  samarali harakat yozib qo‘ygan bo‘lsa, Pavel Nexaychik bu ishni uchta uchrashuvda uddaladi, Maksim Skavish esa ikkita bahsda uchta gol urdi.

Umumiy hisobda, Shahboz Umarov oliy liga o‘yinlarida raqiblar darvozasiga beshta to‘p kiritib, jamoadoshlariga to‘rtta golli pas uzatdi. Bu ligadagi eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biri sifatida BATEning 29 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turishiga xizmat qilmoqda.

mainumarov

Shahboz Umarov samarali harakatlarini 13-turda ham davom ettirishini kutyapmiz. BATE  futbolchilari 19 iyunga belgilangan navbatdagi bellashuvda “Dinamo-Minsk” jamoasi mehmoni bo‘ladi.

Biz esa, yangidan shakllantiriladigan O‘zbekiston milliy terma jamoasida mashaqqatli mehnati, katta ishtiyoqi, tinimsiz harakati bilan o‘z salohiyati va iste’dodini namoyon etib kelayotgan futbolchilar qatorida Shahboz Umarov kabi kelajagi porloq  o‘yinchilarga ham imkoniyat berilishi tarafdorimiz.

Abdixoliqov yana legioner. U Evropaga yo‘l oladi!

“Jenoa” muxlislari Shomurodovning ketib qolishidan xavotirda!

Yaxshiyam Shomurodov bor ekan!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Future Team Entertainment
18/06/2021 00:10
Eee vapshe zo'r o'ynaydi. Anchadan beri kuzataman. Shtraflardan tiqib tashidi
&
Ашуров Бахтийор
18/06/2021 07:49
Мураббий масҳарабоз бўлганда,яхши ўйнагандан не наф?
Baxil Alihuja
18/06/2021 11:28
Rahbarlarga pora bermagan.