Legionerlar. Fozil Musaev jamoasi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi (Foto)
Xabaringiz bor, Yaponiyaning “Jubilo Ivata” klubida hamyurtimiz Fozil Musaev to‘p tepadi. Ayni paytda kunchiqar yurtda J-liganing 3-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda.
Bugun Fozil Musaev faoliyat olib borayotgan “Jubilo Ivata” safarda Omiya Ardija” klubini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Hamyurtimiz mazkur bellashuvda 90 daqiqa harakat qildi. Ushbu g‘alaba Musaev va uning jamoasi uchun dastlabkisi bo‘ldi.
Quyida ushbu bahsdan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.




Fikrlar