
Legionerlarimiz. Afoninsiz “Orenburg” yana mag‘lub bo‘ldi
Bugun Rossiya Premer ligasida 25-tur o‘yinlari davom ettirildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Vadim Afonin faoliyat olib boradigan “Orenburg” klubi o‘z maydonida “Zenit”ga qarshi bahs olib bordi.
Mazkur bahsda 17-daqiqada Juliano tomonidan penaltidan kiritilgan gol piterliklarga 3 ochko keltirdi. Hamyurtimiz bu safar ham uchrashuv qaydnomasiga kiritilgani yo‘q.
Rossiya Premer ligasi. 25-tur
Orenburg – Zenit 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 17, penalti Juliano.
Orenburg – Rudenko, Sivakov, Oyevole (Andreev, 46), Poluyaxtov, Malyx, Dragun, Georgiev, Parnyakov, Grigorev, Popovich (Vorobev, 75), Dyurish(Lobjanidze, 57).
Zenit – Lunev, Ivanovich, Netu, Smolnikov, Tsallagov, Juliano, Jirkov, Shatov, Garsiya, Danni (Kerjakov, 88), Djordjevich (Mollo, 75).
Ogohlantirishlar: Netu (43), Shatov (60), Smolnikov (66), Tsallagov (81), Garsiya (90).
Fikrlar