
Legionerlarimiz. Bugun "Sherif" safarda o‘yin o‘tkazadi
Bugun Moldova Milliy ligasi doirasida 21-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi.
Unda hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev to‘p tepadigan "Sherif" jamoasi o‘z o‘yinini o‘tkazadi. Tiraspol klubi safarda "Sfyntul George" klubiga qarshi bahs olib boradi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.
Ma’lumot o‘rnida, "Sherif" ayni payt turnir jadvalida 50 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. "Sfyntul George" hisobida 28 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 4-pog‘onani band etgan.
Fikrlar