
Legionerlarimiz. Galiulinning “Tosno”si yarim finalga chiqdi
Bugun Rossiya kubogida chorak final o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Vagiz Galiulin to‘p suradigan “Tosno” jamoasi o‘z maydonida Vladivostokning “Luch-Energiya” jamoasini qabul qildi.
Mazkur o‘yinda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi va yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi.
Hamyurtimiz o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 90-daqiqada zahiraga olindi.
Bu bosqichda “Tosno” “Krilya Sovetov” – “Spartak” o‘yini g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
“Tosno” – “Luch-Energiya” 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 22 Buyvolov, 2:0 – 27 Pogrebnyak, 2:1 – 51 Myazin.
“Tosno” – Yurchenko, Buyvolov, Dugalich, Chernov, Margasov, Mirzov, Galiulin (Truyich, 90), Jigulev, Poletanovich, Pogrebnyak, Rikardino (Karnitskiy, 57).
“Luch-Energiya” – Shamov, Takazov, Tixiy, Bolevich, Ponomarenko, Gordienko, Fomin (Malyaka, 65), Bajev (Geloyan, 46), Pavlenko, Tsukanov, Myazin (Mashnev, 72).
Ogohlantirishlar: Myazin (47), Pavlenko (86), Margasov (89).
Fikrlar