Legionerlarimiz ishtirok etgan bahsda "Nefteximik" yutqazdi

  • 21 noyabr, 2020, 21:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Rossiya Milliy futbol ligasi 23-turida Vagiz Galiulin hamda Bobur Davlatov to‘p surayotgan “Nefteximik” klubi mehmonda “Enisey”ga qarshi bahs olib bordi.

Tecno

Ushbu uchrashuvning 80-daqiqasida argentinalik Xuan Leskano tomonidan kiritilgan yagona gol “Enisey”ga muhim uch ochkoni taqdim etdi. “Nefteximik” tarkibida Galiulin uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi va 66-daqiqada hakam tomonidan sariq kartochka bilan “siylandi”. Davlatov esa, 60-daqiqada Danil Klenkinning o‘rniga maydonga tushirildi. 

Afsuski, legionerlarimizning urinishlari ham jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi. 23-turdan so‘ng “Nefteximik” 37 ochko bilan 7-o‘rinda boryapti.

Navbatdagi turda “Nefteximik” 25 noyabr kuni o‘z maydonida musobaqa peshqadami bo‘lib turgan “Nijniy Novgorod” jamoasini qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!