Lempard Angliya Kubogida kim darvozani qo‘riqlashini ma’lum qildi
"Chelsi" ustozi Frenk Lempard Angliya Kubogi "Xall Siti"ga qarshi o‘yinda darvozani kim ko‘riqlashi haqida gapirib o‘tdi.
"Villi "Xall"ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushadi. U biz bilan birgaligidan xursandman. Chunki u iqtidorli darvozabon, mashg‘ulotlarda esa juda yaxshi ishlamoqda. Kabalero imkoniyat berilsa, maydonda borini beradi", - deydi Lempard.
Eslatib o‘tamiz, "Xall Siti" va "Chelsi" o‘rtasidagi Angliya Kubogi bahsi bugun Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi.

Fikrlar