Lennoks Lyuis Endi Ruisning qanday xislatiga qoyil qoldi?

  • 4 dekabr, 2019, 12:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Lennoks Lyuis  WBA, WBO, IBF, IBO chempioni Endi Ruisning ajoyib texnikasidan hayratda ekanligini aytdi.

"Endi Ruis “Monstr”ga o‘xshaydi. Uning zarbasi shunchalik kuchlikki, mashg‘ulotini tomosha qilganimda "boom, bum, bum" kabi quloqni qomatga keltiruvchi ovozlarni eshitaman.

Uning texnikasiga qoyil qoldim. Men Endining sobiq murabbiyi Freddi Rouch bilan gaplashdim,

Rouchning aytishicha, Ruisning vazn yo‘qotishining zararli joyi yo‘q. Menimcha, agar u Joshuaga qarshi jangda vazn tashlagan holatda chiqsa, yanada tezroq bo‘ladi. Qolaversa, bu omil  uning zarbasining kuchiga ta’sir qilmaydi ”,- dedi Lyuis.

Ruis va Joshua o‘rtasdagi revansh jangi 7 dekabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!