
“Lester” ikki transferni epladi
“Lester” tez oradi birdaniga ikki iste’dodli futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib oladi. Jamoa bosh murabbiyi Brendan Rojers kelasi mavsum oldidan hujumkorlikni kuchaytirmoqchi.
“Lester” mutasaddilari “Zaltsburg” to‘purari Petson Dakani 30 million evro evaziga qo‘lga kiritdi. Zambiyalik hujumchidan tashqari inglizlar Frantsiya chempionatidan ham hujumkor futbolchi oladigan bo‘ldi.
“Lill” yarim himoyachisi Bubakari Sumare ham faoliyatini “tulkilar” safida davom ettiradi. Bu futbolchi uchun APL vakili frantsuzlarga 20 million evro to‘laydi.
Fikrlar