"Lester" "Lill"ni chempion qilgan futbolchilardan biri bilan shartnoma imzolaydi

  • 26 may, 2021, 16:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lill” klubi yarim himoyachisi Bubakari Sumare faoliyatini “Lester”da davom ettirishi mumkin.

Tecno

RMC Sport tarqatgan xabarga qaraganda, 22 yoshli futbolchining transferi “tulkilar”ga bonuslarsiz taxminan 23 million evroga tushadi.  Sumare yangi haftada Angliyaga keladi va “Lester” safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. U klub bilan 5 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Sumare “Lill” safiga 2017 yilda kelib qo‘shilgan. Bungacha u PSJning yoshlar jamoasida o‘ynagan.

Bubakari yakunlangan mavsum “Lill” safida 32 ta o‘yinda maydonga tushdi. Yakunda uning jamoasi Frantsiya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!