"Lester" o‘z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshiradi
"Monako" klubi yarim himoyachisi Yuri Tilemans yaqin vaqtlar ichida "Lester" futbolchisiga aylanadi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “tulkilar” 22 yoshli belgiyalik futbolchi uchun monakoliklarga 45 mln evro to‘lashadi. E’tiborlisi, bu “Lester” tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, Tilemans o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini “Lester”da ijarada o‘tkazdi va APLda 13ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar