
"Lester" va "Latsio" durangga imzo chekdi, "Bayer" esa ispan klubini ayab o‘tirmadi
Evropa Ligasi 4-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar yakuniga etdi.
O‘z maydonida Moskvaning "Spartak" jamoasini qabul qilgan "Lester" 1:1 hisobida durang natija qayd etdi.
Dastlab, Mozes 51-daqiqada gol urib, jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, biroz o‘tib, Amarti muvozanatni tikladi va uchrashuvda boshqa gol urilmadi.
Yana bir qiziqarli o‘tgan o‘yinda "Latsio" safarda "Marsel" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
31-daqiqada Milik bahsda hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim so‘nggida va ikkinchi bo‘lim boshida Anderson va Immobile rimliklarni oldinga olib chiqdi. 82-daqiqada esa Payet muvozanatni tikladi.
"Bayer" - "Real Betis"
O‘z uyida Ispaniyaning "Real" Betis" jamoasini qabul qilgan "Bayer" raqibni ayab o‘tirmadi. Leverkuzen klubi ushbu o‘yinda javobsiz 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar