
Levandovski 2020 yilning eng yaxshi futbolchisi, Messi 3-o‘rinda, Ronaldu esa...
Goal.com nashri o‘z talqiniga ko‘ra, 2020 yil yakunlariga ko‘ra, sayyoramizning eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi.
Ushbu ro‘yxatning eng yuqori pog‘onasidan "Bavariya" forvardi Robert Levandovski joy oldi. Aytish kerakki, polshalik futbolchi o‘tgan mavsum Chempionlar ligasi, Germaniya kubogi va Germaniya Bundesligasida eng yaxshi to‘purar bo‘ldi.
Ikkinchi o‘rinda "Manchester Siti" xavbeki Kevin de Bryuyne qayd etildi. Kuchli uchlikni "Barselona" hujumchisi Lionel Messi yakunlab berdi.
"Yuventus"ning portugaliyalik forvardi Krishtianu Ronaldu 5-o‘rinda e’tirof etildi.
1. Robert Levandovski ("Bavariya")
2. Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti")
3. Lionel Messi ("Barselona")
4. Neymar (PSJ)
5. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus")
6. Kilian Mbappe (PSJ)
7. Virdjil van Deyk ("Liverpul")
8. Karim Benzema ("Real")
9. Tomas Myuller ("Bavariya")
10. Sadio Mane ("Liverpul")
11. Yozua Kimmix ("Bavariya")
12. Tyago Alkantara ("Liverpul")
13. Serxio Ramos ("Real")
14. Trent Aleksander-Arnold ("Liverpul")
15. Romelu Lukaku ("Inter")
16. Serj Gnabri ("Bavariya")
17. Erling Xoland ("Borussiya" Dortmund)
18. Muhammad Saloh ("Liverpul")
19. Chiro Immobile ("Latsio")
20. Alfonso Devis ("Bavariya")
21. Manuel Noyer ("Bavariya")
22. Bruno Fernandesh ("Manchester Yunayted")
23. Jordan Xenderson ("Liverpul")
24. Jeydon Sancho ("Borussiya" Dortmund)
25. Paulo Dibala ("Yuventus").
Fikrlar