Levandovski agentlari orqali "Fenerbaxche" vakillari bilan muzokara o‘tkazdi
"Barselona" forvardi Robert Levandovski agentlari orqali "Fenerbaxche" vakillari bilan futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda "Haberler" portali xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Turkiya klubining rahbariyati hozirda futbolchidan javobni kutmoqda. Agar hujumchi Turkiyada karerasini davom ettirishga ijobiy qarasa, "Fenerbaxche" mavsum yakunlanishini kutmasdan rasmiy taklif berishi mumkin.
37 yoshli Levandovski, amaldagi shartnomasi yozda tugaydi. Shuningdek, Robert Polsha va Niderlandiya o‘rtasidagi Jahon chempionati saralash uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida kelajagi haqida aniq javob bermadi.
Hozirgi mavsumda u klub miqyosida 11 ta o‘yinda 7 ta gol kiritdi.



Fikrlar