Levandovski “Barselona”da qancha maosh olishi ma’lum

  • 06.06.2022 17:45
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jurnalist Xavi Migelning so‘zlariga ko‘ra, "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski "Barselona"ga o‘tishga yaqin turibdi.

33 yoshli polshalik yozda Kataloniya klubiga ko‘chib o‘tishga qaror qildi va myunxenliklardan iloji boricha tezroq qaror qabul qilishini talab qilmoqda.

Manbaga ko‘ra, Levandovskining “Barselona”dagi maoshi yiliga 9 million evroni tashkil qiladi. Bu klubda belgilangan maosh chegarasidan biroz kamroq (10 million evro).

Levandovskining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning o‘rtasida yakuniga etadi. Avvalroq nemis klub rahbariyati hujumchini qo‘yib yuborishdan bosh tortgan: “Bavariya” rahbariyati Robertga shartnomani oxirigacha o‘ynab berishini aytdi.

Bunday holatda futbolchi kelishuvni muddatidan oldin bekor qilishi mumkin. Biroq. Levandovski bunday yo‘l tutsa, u shartnomaning oxirgi yili uchun tovon puli to‘lashi kerak bo‘ladi - 24 million evro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!