
Levandovski "Barselona"ga o‘tadi? "Bavariya" prezidenti ham shu haqda gapirdi
Myunxenning “Bavariya” klubi faxriy prezidenti Uli Xyoness jamoaning polshalik hujumchisi Robert Levandovskining “Barselona”ga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Men "Bavariya"da Robertni shartnoma muddati tugaguniga qadar qo‘yib yuborishga rozi bo‘ladigan bironta ham odamni bilmayman. Agar u qolsa, yaxshi o‘ynasa va Germaniyada o‘zini qulay his qilishda davom etsa, balki yanvar oyida kelib u shunday deyishi mumkin: "Bu er menga juda yoqadi, balki yana ikki-uch yil qolarman”.
Ayrimlar "Barsa" Levandovskini sotib olmoqchiligi haqida yozishmoqda. Olti oy oldin ularning 1,3 milliard evro qarzi bor edi. Germaniyada ular allaqachon bankrot deb e’lon qilingan bo‘lardi!
1,3 milliard evro qarz, bu bankrotlik eshik qoqmoqda degani, siz esa “Bavariya” futbolchisi uchun ko‘p millionlik taklif qilyapsiz. Shunda siz jurnalistlar ulardan: “Sizda haqiqatan ham shunday imkoniyat bormi?” deb so‘rashingiz kerak”, - dedi Xyoness.
Fikrlar