Levandovski: "Bavariya" bu safar ham huddi o‘tgan mavsumlardagidek kuchli bo‘ladi

  • 6 avgust, 2017, 22:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Robert Levandovski kecha bo‘lib o‘tgan Germaniya superkubogidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Men mavsumdagi birinchi sovrinni qo‘lga kiritganimizdan xursandman. Biz bugun juda yaxshi o‘ynadik. Ba’zida xatolarga ham yo‘l qo‘ydi, ammo bu mavsumdagi birinchi o‘yinimiz. Endi biz yanada o‘sishimiz kerak. Yarim oydan so‘ng hammasi joyiga tushib ketishiga ishonaman. Biz bu safar ham bundan bir yoki ikki mavsum oldingidek kuchlimiz”, - deydi polshalik forvard.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” hamda “Borussiya D” klublari o‘rtasidagi mamlakat superkubogi uchun o‘tkazilgan bahsning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlangach, g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi va bunda omad myunxenliklarga kulib boqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!