Levandovski "Bavariya"da Myullerning ko‘rsatgichini takrorladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Myunxenning “Bavariya” klubi forvardi Robert Levandovski ayni damda Bundesliganing 22- turi doirasida bo‘lib o‘tayotgan “Shalke-04”ga (2:1,tanaffus) qarshi bahsda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

E’tiborlisi, 29 yoshli polshalik futbolchi shu tariqa “Bavariya”ning ketma-ket 11ta uy uchrashuvida gol urishga erishdi. U bu ko‘rsatgich borasida afsonaviy Gerd Myullerning rekordini takrorladi. Aytish lozimki, Myuller faoliyati davomida bunday ko‘rsatgichni ikki marta (1967/68 va 1969/70) qayd etgan.

Ma’lumot uchun, Levandovski joriy mavsum Bundesligada jami 20ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 19ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!