Levandovski "Bayer"ga qarshi o‘yinda o‘zining eng yaxshi natijalaridan birini qayd etdi

  • 20 dekabr, 2020, 14:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski "Bayer"ga qarshi Bundesliga bahsida eng yuqori tezlikda harakat qilgan futbolchi sifatida e’tirof etildi.

Leverkuzenliklar darvozasini ikki bor ishg‘ol qilgan 32 yoshli forvard soatiga 34,2 kilometr tezlikda yugurgan. Ushbu ko‘rsatkich polshalik futbolchi uchun eng yuqori natija emas. U "Bayer"ga qarshi iyunda bo‘lib o‘tgan bahsda 34,8 km,s tezlikda hararkat qilgan.

Joriy mavsumda sprinterlar poygasida "Bavariya" safida Kingsli Koman (35,9) etakchilik qilmoqda, ikkinchi o‘rin esa Alfonso Devisga (35.04) tegishli.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!