
Levandovski Bundesligada yana bir tarixiy natija qayd etdi
"Bavariya" forvardi Robert Levandovski yana bir ajoyib statistika muallifiga aylandi.
Gap shundaki, kecha “Borussiya”ga qarshi o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol qilgan polshalik to‘purar Bundesligada bir jamoada eng ko‘p gol urish bo‘yicha kuchli beshlikka kirdi. Uning “Bavariya” libosida Germaniya chempionatida kiritgan gollari 182 taga etdi va u bu borada Ulf Kirsten (182, "Bayer") hamda Klaus Fisherga (182, "Shalke") tenglashib oldi.
Levandovskidan oldinda faqatgina Yupp Xaynkes (195, "Borussiya M") va Gerd Myuller (365, "Bavariya") turibdi.
Fikrlar