
Levandovski ispan grandi safiga o‘tishni istamoqda
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski boshqa jamoaga ketish haqida o‘ylamoqda. U faoliyatini "Real"da davom ettirmoqchi.
"AS" nashrining xabar berishicha, forvard myunxenliklar rahbariyatidan uni "Real"ga qo‘shib yuborishini so‘ramoqda. Levandovsining nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi. "Bavariya" ham futbolchining sotuvidan pul ishlab olish niyatida.
Joriy mavsumda polshalik goleador Bundesligada 7 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar