Levandovski mavsum yakunida “Barselona”ni tark etadi
Hujumchi Robert Levandovski mavsum yakunida "Barselona"ni tark etishini e’lon qildi.
“To‘rt yillik sinovlar va mashaqqatli mehnatdan so‘ng, oldinga intilish vaqti keldi. Men o‘z vazifamni bajarganimni his qilib ketyapman. To‘rt mavsum, uchta chempionlik. Birinchi kunlardanoq muxlislardan olgan mehrimni hech qachon unutmayman. Kataloniya mening uyim. Ushbu to‘rt ajoyib yil davomida uchrashgan barcha insonlarga rahmat. Faoliyatimning eng hayratlanarli bosqichini boshdan kechirish imkoniyatini taqdim etgani uchun Prezident Laportega alohida minnatdorchilik bildiraman. "Barsa" o‘z o‘rniga qaytdi", - deb yozdi Levandovski ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Levandovski 2022 yilning yozida "Barselona"ga o‘tgan. Ushbu davrda 37 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 191 ta o‘yinda qatnashib, 119 ta gol va 24 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Kataloniya klubida polshalik hujumchi uch marta Ispaniya chempioni bo‘lgan, uch marta mamlakat Superkubogi va bir marta Ispaniya kubogini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar