Levandovski Messi va Salohni qancha ovozga ortda qoldirgani ma’lum bo‘ldi

  • 18 yanvar, 2022, 11:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan ovoz berish natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, ikkinchi o‘rinni egallagan Lionel Messi g‘olib Robert Levandovskidan atigi 4 ochko ortda qolgan.

O‘z navbatida, argentinalik futbolchi 3-o‘rinni egallagan Muhammad Salohdan bor yo‘g‘i 5 ochko ko‘proq ovoz jamg‘argan.

Bu borada keyingi o‘rinlarda Karim Benzema, Ngolo Kante, Jorjino, Krishtianu Ronaldu, Kilian Mbappe, Kevin de Bryuyne, Neymar va Erling Xoland qayd etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!