Levandovski muhim sovrinni qo‘lga kiritdi

  • 22 noyabr, 2021, 22:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski dunyoga mashhur Tuttosport nashri talqiniga ko‘ra, 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Tecno

13 dekabr kuni Turinda polshalik futbolchiga Golden Player sovrini tantanali topshiriladi. Aytish lozimki, bu nomga Robertdan tashqari Jorjino ("Chelsi") va Lionel Messi (PSJ) nomzodi ham ko‘rsatilgan edi.

33 yoshli Levandovski joriy mavsum "Bavariya" safida 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 24 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!