
Levandovski muvaffaqiyatli operatsiya qilindi
“Bavariya” forvardi Robert Levandovski chov qismidan operatsiya qilindi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 31 yoshli polshalik futbolchi 2 haftada safga qaytadi. Shu tariqa u Bundesliganing navbatdagi turidan o‘rin olgan 19 yanvardagi “Gerta”ga qarshi o‘yingacha sog‘ayadi.
Ma’lumot uchun, Levandovski joriy mavsum “Bavariya” safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 30 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar