Levandovski Ronaldu va Messiga tan berdi

"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski yil yakunlari, Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

"Messi va Ronaldu juda uzoq vaqt yuqori darajada o‘ynashdi, ularga teng keladigani yo‘q. Ammo raqamlar bo‘yicha men so‘nggi paytlarda juda ko‘p gol urdim, deb o‘ylayman. Biroq, men ular bilan bir stolda o‘zimni tasavvur qila olmayman. Lekin, ularni o‘z uyimga, kechki ovqatga taklif qilishim mumkin(kuladi).

Kumir masalasiga keladigan bo‘lsak, men Del Pero, Anri, Badjoning o‘yinlaridan hayratlanar edim", - dedi polshalik forvard.

Eslatib o‘tamiz, Levandovski 2020 yil yakunlariga ko‘ra, FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan "The Best" mukofotini qo‘lga kiritdi. 32 yoshli hujumchi "Bavariya" safida 2020 yilda Germaniya chempioni bo‘ldi va mamlakat kubogi hamda Superkubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, EChL va UEFA Superkubogida ham zafar quchdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!