Levandovski uchun katta summa ajratiladi

  • 13.12.2025 07:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning 37 yoshli hujumchisi Robert Levandovskining Kataloniyadagi kelajagi mavhumligicha qolmoqda. Polshalik forvardning amaldagi shartnomasi shu mavsum oxirida tugaydi.

Tecno

To‘purar atrofidagi vaziyatni kuzatib kelayotgan Saudiya Arabistoni Suvener fondi rahbariyati tajribali charm to‘p ustasi transferini amalga oshirishni maqsad qilgan.

Bu jamg‘arma Saudiya Arabistoni Professional ligasida ishtirok etayotgan eng qudrali to‘rt jamoa – “An-Nasr”, “Al-Hilol”, “Al-Ittihod” va “Al-Ahli”ga egalik qiladi.

Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, shayxlar Robert Levandovskini kelasi yozda transfer qilmoqchi va futbolchining o‘ziga katta daromadli shartnoma taklif qilinadi.

Robert Levandovski joriy mavsumda kataloniyaliklar safida barcha turnirlarda 16 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga sakkizta gol va bitta assist yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!