Levandovski Xolandga joyini ko‘rsatib qo‘ydi

  • 7 mart, 2021, 18:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundesliganing 24-turida “Bavariya” o‘z maydonida “Borussiya”ni qabul qildi.

Tecno

Dortmundliklar hujumchisi Erling Xoland 9 daqiqa ichida ikkita gol urib, jamoasini hisobda oldinga chiqdi. Myunxenliklar to‘purari Robert Levandovski o‘z maydonida raqib hujumchisining g‘alabani tantana qilishiga yo‘l qo‘ymadi.

Polshalik hujumchi tanaffusgacha ikkita gol urib, hisobni tenglashtirdi. “Bavariya” o‘yinning ikkinchi yarmida Leon Goretska va Levandovskining aniq zarbalaridan keyin bir juft to‘p kiritdi va bahsni 4:2 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.

Shu tariqa, navbatdagi xet-trikdan so‘ng Levandovskining joriy mavsumdagi gollari soni 31 taga etdi. Xoland esa 19 ta gol bilan to‘purarlar poygasida ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!