Levandovskiga yangi superklub da’vogar

  • 12 iyun, 2022, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati “Bavariya” bilan xayrlashishi kutilayotgan Robert Levandovskini o‘z tarkibiga qo‘yib olmoqchi,  deb xabar tarqatdi L'Equipe nashri.

Tecno

Parij klubining yangi sport direktori Luis Kampos ish faoliyatini yulduz o‘yinchini olib kelish bilan boshlamoqchi. Levandovski parijliklar safiga ko‘chib o‘tsa, Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappe triosidan keyin to‘rtinchi hujumchi bo‘ladi.

Luis Kampos Levandovski yulduzli trioga tenglagsha olmagan va jamoani tark etishga qaror qilgan Mauro Ikardining o‘rnini egallashini istayapti.

Aslida PSJ bir necha mavsumdan beri polshalik to‘purarni transfer qilishga urinib kelgan, biroq ularning takliflari “Bavariya” tomonidan bir necha marta rad etilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!