Levandovskini superklubga chaqirishdi

  • 24 mart, 2022, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” yozgi transferlar vaqtida “Bavariya” to‘purari Robert Levandovskini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Yaqinda polshalik hujumchi Myunxen klubi bilan amaldagi shartnomasi yana bir yil davom etishiga qaramay, boshqa klubga o‘tishi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Yurgen Klopp Levandovskining imkoniyatlarini juda yaxshi biladi. Germaniyalik mutaxassis “Borussiya”ni boshqarganida polshalik to‘purar uning qo‘l ostida dortmundliklar sharafini himoya qilgan. Ustoz-shogird an’anasi Robertning qaroriga ta’sir qilishi mumkinligi aytilyapti.

33 yoshli hujumchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 37 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 45 ta gol va to‘rtta assist yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!