
Levandovskining xotini hujumchini bu jamoaga o‘tishiga yo‘l qo‘ymadi
“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski PSJdan bo‘lgan taklifni qabul qilmadi. O‘yinchining agenti Pini Zaxavi u nega Parijga ko‘chib o‘tishni istamaganiga izoh berdi.
PSJ bilan muzokaraga kirishiganimiz yo‘q. Chunki Robertning rafiqasi Anna Parijga ko‘chib o‘tishni istamadi. Balki hozir fikri o‘zgargandir, - dedi Pini Zaxavi.
Robert Levandovski yoz ichi “Bavariya”ni tark etishga qaror qilgan. Unga asosiy da’vogar hisoblangan “Barselona” moliyaviy feyr-pley sababli polshalik o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olomayapti.
To‘purarga Angliya klublaridan taklif bo‘lyapti. Lekin Robertning rafiqasi “tumanli Albion”ga borishni ham rad etmoqda.
Fikrlar