Levchenko jamoasi kunning dastlabki bahsida yirik hisobda yutqazdi

  • 26 yanvar, 2024, 16:46
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun kunning birinchi qismida "Neftchi" jamoasi rejadan o‘rin olgan Qozog‘istonning "Elimay" klubi bilan navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Tecno

Ushbu o‘yinda farg‘onaliklar asosan o‘rinbosarlar tarkibidan jalb qilingan futbolchilar bilan harakat qildi. Hujumlarga boy o‘tgan bellashuvda "Neftchi" 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

"Neftchi" 0:3 "Elimay"(Qozog‘iston)
Turkiya, Antalya
"Trening" stadioni
Gollar:  Smailov 9' ( 0:1),  Smailov 18' pen (0:2), Viera 41' 0:3

"Neftchi": Akbar To‘raev, Xurshid Muxtorov, Jaloliddin Jumaboev, Marlen Chobanov, Doniyor Valiev, Muhammadali Xolmatov, Keterin Karp, Shohrux Yoqubjonov, Muxsin Bozorov (Javohir Qahramonov, 60), Shohruz Norxonov, Behruz Oblaqulov.

Kunning ikkinchi yarmida "Neftchi" Polshaning "Lexiya Gdansk" jamoasi bilan bellashadi.

"Neftchi" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!