Levchenko: Sifat bo‘yicha ikki jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliga 22-turida o‘z uyida “Surxon” bilan durang o‘ynagan “Neftchi” klubi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko durang, To‘raev, gruziyalik legionerlar, yoshlar va Toshmirzaev haqida fikr bildirdi.

“O‘yin to‘liq bizning ustunligimizda o‘tdi. Xududlarda va vaziyatlar yaratishda ustunroq edik. Ammo, vaziyatlarda yakuniy nuqtani qo‘yadigan o‘yinchi topilmadi. Gol urish uchun etarli vaziyatlar yaratdik. Ammo, vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Sifat bo‘yicha ikki jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatdi”, - dedi Levchenko.

“Lutfulla To‘raevning kichik jarohati bor. Uni tushirib tavakkal qilishni istamadik”.

“Gruziyalik futbolchilar hozircha mashg‘ulotlarda biz kutgan darajani ko‘rsata olishmayapti. Mikrotsiklda ularni kuzatib borayapmiz. Maydonga nega tushmaganini ularning o‘zidan so‘rash kerak. Kim o‘yinga tayyor bo‘lsa maydonga tushadi, albatta”.

“Yoshlar terma jamoasi safida maydonga tushib qaytgan futbolchilarda charchoq mavjud. Ularni hozir maydonga tushirib tavakkal qilishni istamadik. Jismoniy holatlarini yaxshilashlari kerak”

“Bilolxon Toshmirzaev hozir jamoamiz darajasiga mos o‘yin namoyish etayapti. Talablarni bajarayapti va shu bois maydonga tushayapti. Qolish-qolmasligi o‘ziga bog‘liq”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!