
Levchenkoning “Neftchi”dagi taqdiri hal bo‘ldi
So‘nggi kunlarda Vitaliy Levchenkoning "Neftchi" postidan ketishi borasida mish-mishlar paydo bo‘lmoqda. SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, murabbiy klubda qoladi.
Kuni kecha ukrainalik mutaxassis Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov bilan shaxsan uchrashib, klubdagi kelajagi borasida muzokara o‘tkazgan. Natijada, murabbiy mavsum oxiriga qadar jamoa postida qolishga qaror qilgan. Shunday ekan, "Neftchi" klubi ishqibozlari voqealar rivojini xotirjamlik bilan kuzatishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Levchenko boshqaruvidagi "Neftchi" 11 o‘yinda 21 ochko jamg‘argan holda, chempionatda 3-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar