
"Leyptsig" Upamekanoga o‘rinbosar topdi
"RB Leyptsig" klubi parijliklarning 17 yoshli futbolchisi Tangay Kuassiga qiziqish bildirmoqda. Manbaning ta’kidlashicha, jamoa uni ko‘plab grand klublar qiziqishlari doirasida bo‘lib turgan Dayot Upamekanoga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Ma’lumot uchun, yosh iqtidor egasi joriy mavsumda PSJ bilan ilk professional shartnomasiga imzo chekdi.
Fikrlar