Liga 1. Bitta gol urish uchun Messi raqiblar darvozasi tomon nechta zarba yo‘llagan?

  • 05.12.2021 03:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya chempionati 17-turidan o‘rin olgan "Lans" - PSJ bahsida 1:1 hisobi qayd etildi. 

Hujumchi Lionel Messi mazkur bellashuvda to‘liq harakat qildi, biroq o‘z hisobiga gol yoki assist yozdirib qo‘ya olmadi. Liga 1 doirasida Leo o‘zining yagona golini "Nant" darvozasiga kiritgan. U ushbu turnirda hozirga qadar 9 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Qayd etish lozim, Messi Frantsiya chempionati doirasida o‘tkazgan uchrashuvlarida raqiblar darvozasi tomon umumiy 35 ta zarba yo‘lladi. Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi hisobida, shuningdek, 3 ta golli uzatma ham mavjud.  


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!