
Liga 1. Husanov to‘liq o‘ynagan bahsda "Lans" zafar quchdi
Frantsiya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan "Lans" - "Reyms" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda dastlab 43-daqiqada Said hisobni ochgan bo‘lsa, 75-daqiqada Kortes oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Husanov esa to‘liq o‘ynadi va "Sofa Score" portali tomonidan 7.2 ballga loyiq ko‘rildi.
Shu tariqa, "Lans" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 5-o‘ringa chiqib olmoqda.
Fikrlar