
Liga 1 to‘purarlaridan biri "Nottingem Forest"ga o‘tishi mumkin
"Nottingem Forest" jamoasi hujum chizig‘ini kuchaytirish ustida ish boshladi. Klubning transfer maqsadlari ro‘yxatiga "Renn" hujumchisi Arno Kalimuendo kiritildi. Bu haqda Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Manbaning xabar berishicha, ingliz klubi frantsiyalik futbolchini sotib olish bo‘yicha "Renn" bilan muzokaralarni yo‘lga qo‘ygan. "Nottingem Forest" forvardni 30 million evroga qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda. Frantsiya jamoasi rahbariyati hozircha ushbu taklifni ko‘rib chiqmoqda.
"Renn" etakchisi o‘tgan mavsum 34 ta o‘yinda 18 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Hujumchi Frantsiya chempionatining to‘purarlari ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egalladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi 22 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar