
Lingard yaqin vaqtlar ichida MYudan ketishi mumkin
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingard qishki transfer oynasi yakunlangunicha ijaraga ketishi mumkin.
Qayd etilishicha, 28 yoshli futbolchi uchun kurashda "Vest Xem" klubi da’vogarlik qilmoqda. Shuningdek, angliyalik uchun "Sheffild Yunayted" va "Real Sosedad" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Lingardning o‘zi APLda qolishni ma’qul ko‘rmoqda.
Futbolchining MYu bilan shartnomasi 2020 yil iyunida yakuniga etadi. Joriy mavsumda Lingard Angliya Kubogi va Liga kubogi bahslarida maydonga tushdi.
Fikrlar