
Lingardning gollari uni qutqara olmadi
Jessi Lingard so‘nggi ikki uchrashuvda ketma-ket gol urgan bo‘lsa-da, bosh murabbi Sulsherning ishonchini qozona olmadi.
Manchesterliklar bu yarim himoyachini sotib yuborishga qaror qildi. Lingard ichki raqobatda Meyson Grinvudga imkoniyatni boy berdi va asosiy tarkibdagi joyidan ayrildi.
Agar “Borussiya”dan Jeydon Sancho olib kelinishini inobatga olsak, Jessining Manchesterda qolishida foyda bo‘lmaydi. U tezroq o‘ziga boshqa jamoa topgani ma’qul. Uning transfer summasi 17-18 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar