
"Lion" o‘z futbolchisi uchun APL grandlaridan katta pul so‘ramoqda
"Lion" yarim himoyachisi Ussem Auarga "Arsenal" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Farbitsio Romano bergan xabarga ko‘ra, "kanonirlar" rahbariyati Auarni top futbolchi, deb biladi va yarim himoyachining o‘zi ham APLda to‘p surishni istayapti.
Biroq, "Lion" futbolchini 60 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas va uni "rokirovka" evaziga qo‘yib yuborishni ham istamayapti. Jumladan, "Arsenal" taklif qilmoqchi bo‘lgan Matteo Genduzi nomzodiga ham rozi emas.
Hozirgi kungacha, London klubi rasmiy taklif bilan chiqib ulgurmadi.
Oldinroq, futbolchiga "Manchester Siti" va "Yuventus" klublari ham qiziqish bildirayotgani ma’lum bo‘lgandi.
Fikrlar